AYMEDOVA

AYMEDOVA Maygo’zal (1941.28.5) – turkman aktrisasi. 1964 y.dan Ashxobod yosh tomoshabinlar teatrida. 1961 yildan filmlarda suratga tushgan. Eng yaxshi rollari: Jahon (“Toshqal’adagi hodisa”), Og’ulkiyik (“Kelin”), Ortiqgul (“Ayol otni egarlaganda”), Oqjamol (“Yo’q! deyishni bil”), Jamol (“Jamol daraxti”) va boshqalar.