Azim Suyun (1948-2020)
Azim Suyun (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997).
ToshDU jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1973-86), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida mas’ul kotib (1987-90), «Xalq so‘zi» gazetasida bo‘lim muharriri (1990-93), «O‘zbekiston ovozi» va «Golos O‘zbekistona» gazetalari bosh muharriri (1993-2002) bo‘lib ishlagan.
«Mening osmonim» (1978), «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo yo‘li» (1986), «Jazo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim — suyganim» (1992), «Qora ko‘zing sening» (1994), «Sarbadorlar» (1994), “Qora ko‘zing sening”, “Saylanma” (1995), “O‘zlik”, “Sharq hikmati”, “Ey do‘st”, “Vatan fasllari”, “Muhabbat hayratlari”, “Tanlangan asarlar” kitoblari nashr etilgan.
«Sarbadorlar» (1981) dramatik dostonida tarixiy voqealar orqali xalqning erk sari intilishi tasvirlangan.
Azim Suyun she’riyatni xalq ohanglari, tabiatning nafis tasviri, badiiy ijod an’analarini yangicha shakl va mazmun bilann boyitdi.
She’rlari ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, turk va boshqa tillarda chop etilgan.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994-99). Xalqaro Cho‘lpon mukofotining sovrindori.
Azim Suyun 2020 yilning 9 mart kuni Toshkent shahrida vafot etdi.