BAQTRIYA

BAQTRIYA, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi O’zbekiston va Tojikistonning Janubiy viloyatlari hamda Afg’onistonning shimol qismini o’z ichiga olgan. Shimolda Sug’d, Janubda va Janubi-Sharqda Araxosiya, Gandxara, g’arbda Marg’iyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) bo’lgan. Baqtriya miloddan avvalgi 6-4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, so’ngra miloddan avvalgi 3-asr o’rtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan. Baqtriyada dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlangan (N.A. Mas V. I. V. Mushketov va boshqalar). Shimoliy Baqtriya hududida 1926 — 28 yillarda Sharq madaniyati muzeyi (hozirgi Sharq xalqlari san’ati muzeyi) ekspeditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38 yillarda Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. E. Massoy), 1953 — 54 yillarda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55 yillari O’zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologik qazish ishlari olib borgan. 1960 yildan (bir oz tanaffus bilan) O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Pugachenkova), 1972 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (rahbari V. M. Massoy) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Janubiy Baqtriya hududi (shim. Afg’oniston) da frantsuz arxeologlari — R. Girshman (1936 – 41), D. Shlamberje (1945 – 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afg’on ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, A. Asqarov, R. Sulaymonov, Sh. Pidayev, Z. Hakimov, V. N. Yagodin va boshqalar) qazish ishlari olib borgan. Avesto, Bihistun kitobalari, Naqqosh Rustamdagi kitobalar hamda qadimgi g’ind adabiy yodgorliklari — “Rigveda” va “Ramayana”da Baqtriya haqida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya O’zbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzu mi vujudga kelgan qad. markazlardan biri. Bu yerda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmidayoq o’troq dehqonchilik madaniyati mavjud bo’lganligi arxeologik materiallar bilan isbotlangan. Sotshitepsshan chiqqan topilmalar Baqtriyaning ilk shahar tipidagi qadimgi qishloqlari tarixiy topografiyasi, me’moriy tarhi, madaniyati, aholisining etnik qiyofasi va tarkibini aniqlab berdi. Baqtriyaning o’tmishda “Ming bir shahar mamlakati” deb atalganligi unda shaharlarning ko’p bo’lganligidan guvoxlik beradi. Surxondaryoning Janubiy tumanlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida ko’plab shahar xarobalari topilgan. Tarixiy va arxeologik ma’lumotlarga ko’ra baqtriyaliklar belbog’li ko’ylak, cholvor va kuloh kiyishgan, cholvorlarining pochasini uchi yuqoriga qayrilgan etiklarining qo’njiga tiqib yurishgan. Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Miloddan avvalgi 6 — 4-asrlarda Baqtriya madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, ko’proq ko’chmanchi aholi madaniyati bilan bog’liq bo’lib, adabiyotda “hayvon uslubi” (mehnat va jang qurollari, uyro’zg’or buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, o’troq baqtriyaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan. Bu davrda metall ishlash sanoati, me’morlik, xalq og’zaki ijodiyoti taraqqiy etgan. Baqtriya madaniyati, ayniqsa miloddan avvalgi 1-mingyillikning so’nggi asrlarida yuksalgan. Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari an’analari ta’sirida ham boyigan. Miloddan avvalgi 2 — 1-asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan. Bu davrga oid me’morlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy san’at namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qal’aimir, Xolchayon va boshqa joylardan topilgan. Janubiy Baqtriyadagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindilsrte-Pa, xadda (Afg’oniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi ma’lumotlarni yanada boyitdi. Ad.: Drevnyaya Baktriya, L., 1974; Sagdullayev A. S, Usadbo’ drevney Baktrii, T.. 1987