BAQTRIYA TEKISLIGI

BAQTRIYA TEKISLIGI – Afgoniston shimoldagi tog’oldi tekisligi; Amudaryoning chap sohilida. Uzunligi 400 kilometr, eng serbar joyi 140 kilometr. Balandligi shimoli-g’arbida 250 metrdan Janubda 500 metrga yetadi. Tektonik botiqda bo’lib, yer yuzasi aksari qumgil va lyosedan tarkib topgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Iyulning o’rtacha temperaturasi 2 gradus, yanvarniki 3°. Yiliga 150-250 millimetr yog’in yog’adi. Landshafti shimolda qumli cho’ldan iborat; Amudaryo bo’yida to’qay va o’tloqlar bor. Baqtriya tekisligi Janubdagi Mozori Sharif viloyatida Mozori Sharif, tosh-qo’rgon, Shibirg’on, Qunduz va boshqa shaharlar joylashgan. Paxta, bug’doy, qand lavlagi, sholi ekiladi. Qo’ychilik, yilqichilik bilan shug’ullaniladi.