Bayoz
Bayoz (arabcha-oq, oqlik)-she’rlar to’plami. Bayozlar ikki va undan ortiq shoirlar she’rlaridan tuziladi. Ilk Bayozlar, asosan, mashhur shoirlarning g’azallaridan tuzilgan, keyinchalik bunga rioya qilinmagan. Bayozlar deyarli lirik janrdagi asarlardan tashkil topadi, unga nasriy parchalar ayrim hollardagina kiritiladi. Bayozlar sarbayoz (so’z boshi), lirik she’rlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ba’zan Bayozlarga xalq og’zaki ijodi namunalari: o’lan, latifa, mutoyiba, maqol, musiqiy asarlar ham kiritiladi. Ilk Bayozlar arab she’riyati rivojlanmagan davr (750-1055)da yuzaga kelgan. Turkistond bayozchilik X-XV asrlar she’riyati ta’sirida vujudga keladi. Bayoz Turkiston xalqlari adabiyoti tarixini va devon tuzmagan shoirlar ijodini o’rganishda muhim manbadir.