BEDA TO’PLAMI
BEDA TO’PLAMI, zig’ir to’plami (Heliothis ViriplacaHutn.) — to’plamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 millimetr; oldingisi sarg’ish-yashil, ba’zan sarg’ish-kulrang bo’lib, o’rta qismidan keng qoramtir ko’ndalang yo’l o’tadi; qanotining uchida noaniq qora dog’chalari bor. Qurtining uz. 40 millimetr, nim yashil, ba’zan pushti yoki qo’ng’iroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yo’llari bor; tanasini qora qattiqtuklar (qil) qoplagan. Kallasi bir qancha qora nuqgali va dog’li sariq rangda. Beda to’plamining qurtlik davri 20-25 kun davom etadi. G’umbagi tuproqning ustki qatlamida qishlaydi. Erta bahorda (aprel—may) g’umbaklaridan voyaga yetgan kapalaklar chiqib, tuxum qo’ya boshlaydi. 3 — 9 kunda tuxumdan qurtlar rivojlanadi. Birinchi avlod kapalaklarining uchib chiqishi iyungacha davom etadi. Yilda 2 — 3 avlod beradi. Beda to’plami qurti hammaxo’r, ko’pgina dukkakli va barcha moyli o’simliklar (ayniqsa, zig’ir va soya)ning urug’i, barg va gullari, pomidorning mevalari bilan oziqlanib qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Kurash choralari: bedapoyalarni disklash; zararkunanda tuxumiga qarshi trixogrammasan foydalanish; urug’ yetishtirish uchun mo’ljallangan beda va boshqa o’simliklar maydonlarida qurtlar paydo bo’lganida ekinlarga 35% fozalon (1,45 — 2,0 kilogramm/gektar), sumitsidning 20% li emulsiyalanuvchi kontsentrati (0,4 — 0,5 kilogramm/gektar) bilan ishlov berish.