BEGIMOV ASAN IZIMOVICH
BEGIMOV ASAN IZIMOVICH (1907 — Mo’ynoq tumani — 1958) — qoraqalpoq yozuvchisi va jurnalisti. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1957). Qozog’istonning Qizilo’rda shahridagi pedagogika institutini tugatgan (1932). Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1934 — 36; 1938 — 39). “Zafarlardan zafarlarga” (1936) she’rlar to’plami, “Sapura” (1938), “Omir” (1951) dostonlari, “Bu kim?» (1932), “G’arib oshiq” (T. Allanazarov bilan hamkorlikda) pyesalarida qoraqalpoq xalqining turmushi va kurash voqealari aks etgan. “Baliqchi qizi” (1957) romani Orol baliqchilariga bag’ishlangan. Begimov o’zbek va boshqa xalqlar yozuvchilarining ayrim asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.