BEH

BEH (Acanthophyllum gypsophiljides)— chinniguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizida 10-30% saponin bor. Behning ildizidan tayyorlangan ekstrakt modda yo’talni qoldirib, balg’am ko’chiradigan va jarohatlarni bitiradigan dori sifatida xalq tabobatida, shuningdek, qandolatchilik,binokorlik,to’qimachilik sanoatida va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.