BEKKROSS
BEKKROSS (inglizcha Backross) — duragaylarni otaona nusxalarining biri bilan qayta chatishtirish. Bekkrossni o’simliklar selektsiyasiga N. V. Xarland va M. N. Pope kiritdi (1922). Selektsiyada o’zidan changlanadigan hamda chetdan changlanadigan o’simliklar navini yaxshilashda, duragay avlodni ota yoki ona nusxalarining kerakli xususiyatlari bilan boyitishda qo’llanadi.