BEKLARSOY

BEKLARSOY — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy, Qalamjarsoyning o’ng irmog’i. Yuqori oqimida Ustuqsoy, o’rta oqimida Beklarsoy, Oqchopsoy, quyi oqimida O’rg’anchi deb ataladi. Mirishkor tog’lari (Nurota tizmasi)ningjan.yonbag’ridan boshlanib, shimoldan Janubga tomon oqadi. Irmog’i ko’p. Uzunlihi 41 kilometr, suv to’plash maydoni 180 kilometr kvadrat, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 0,53 m3/sekund. Suvining asosiy qismi bahorda oqadi. Kuz va qishda suvi kamayib, ko’pincha qurib qoladi. Beklarsoyda ba’zan jaladan so’ng kuchli sel oqimi kuzatiladi. Soydan qadimdan Beklar, Oqchob, yangi Oqchob kabi qishloqlar suv ichadi. Beklarsoy vodiysida 16 asrda qurilgan Abdullaxon bandi (tug’oni) qoldiqlari saqlangan.