BEKO’G’LISOY
BEKO’G’LISOY — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi soy. Qurama tizmasining g’arbiy etagidan, 1000 metr balandlikdan boshlanib, Janubi g’arbga — Sirdaryo tomonga oqadi. Beko’g’lisoy 4 ta irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi, uzunligi 13 kilometr. Beko’g’lisoy juda kamsuv, yog’ingarchilik paytidagina to’lib oqadi. Beko’g’lisoy Beko’g’li qishlog’idan o’tib qurib qoladi. Beko’g’lisoy suvidan qisman sug’orishda foydalaniladi.