BELANCHAK

BELANCHAK — bolani tebratib ovutiladigan yoki uxlatiladigan maxsus moslama. Taxta (yoki temir) dan tayyorlanadi. Atrofi uncha baland bo’lmagan to’siq-panjarali to’g’ri to’rtburchak yoki murabba shaklida bo’lib, rangbarang bo’yoqlar bilan bo’yaladi, ustidan lok surtiladi. To’rt burchagidan arqon bog’lab, daraxtga bog’lanadi, uy shipi va boshqalarga osiladi. Bolani yotqizishdan avval ichiga to’shak, yostiq solinadi.