BELBOG’

BELBOG’, chorsi, qiyiqcha — belga bog’lanadigan to’rtburchak shakldagi mato, milliy kiyimning tarkibiy qismi. Turkistonda erkaklar kiyimi (to’n, yaktak va boshqalar) ustidan belga bog’lanadi, ba’zan ikki va undan ortiq Belbog’ bog’lab yurish odati bor. Gulli, gulsiz matolar (bo’z, las, shoyi, atlas va boshqalar) dan tayyorlanib kashta bilan bezatiladi. Belbog’ bog’lash qadimdan mavjud bo’lgan, kishilar uchun zeb, milliy urfodat tusiga aylangan. Marosimlarda, jumladan to’yda kuyovga tun kiydirib Belbog’ bog’lanadi. Erkaklar, ayollar ham yaqin kishilaridan biri vafot etganda Belbog’ bog’lashadi. Yoshlar bezakli, rangdor Belbog’, qariyalar esa oq matodan tikilgan sidirg’a Belbog’ bog’laydilar. Belbog’ asosiy vazifasidan tashkari boshqa vazifalarni ham o’tagan: orasiga maydachuyda narsalar solib bog’langan; uzoq safarlarda dasturxon yoki sochiq vazifasini o’tagan, joynamoz vazifasini ham bajargan.