BELDORSOY
BELDORSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy, Oqsoqotasoyning o’ng irmog’i. Katta Chimyon tog’ining g’arbiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 23 kilometr, havzasining maydoni 77 kilometr kvadrat. O’rtacha yillik suv sarfi 1 metr/sekund chamasida. Beldorsoy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi; bahorda to’lib oqadi, ba’zan sel keladi. Beldorsoyning 24 ta mayda irmog’i bor. Beldorsoy havzasida tog’chang’i sporti o’yinlari o’tkaziladi. Xalqaro talablarga javob beradigan maxsus inshootlar qurilgan.