BELDYUGA

BELDYUGA (Zoarces viviparus) — beldyugasimonlar oilasiga mansub baliqlar turi. Boltiq, Barents, Oxota va Yapon dengizlarida yashaydi. Yelka va anal suzgich kanotlari gavdasining oxirigacha davom etadi. Dum suzgich qanoti rivojlanmagan. Tirik tug’adi. Dekabr — Fevralda (300 — 400 donagacha) bolalaydi. Yosh baliqchalar, umurtqasiz jonivorlar, keyin mollyuskalar. mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Boltiqbuyi davlatlarida ovlanadi.