BELEN

BELEN, para — Braziliya shimolidagi shahar, para shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,1 million kishi (1992, shahar atrofi bilan). Dengiz porti, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, yog’ochsozlik, kemasozlik korxonalari va ustaxonalar bor. Belen orqali chetga o’rmon mahsulotlari (kauchuk, Braziliya yong’og’i, babassu yong’og’i, mum) va jut chiqariladi. Me’moriy yodgorliklari: Santualejandri monastiri va cherkovi (1718 19), sobor (1748) va boshqalar. Universitet bor. 1616 yilda asos solingan.