BELGAON
BELGAON (Belgaum) — Hindiston Janubdagi shahar, Karnataka shtatining shimoli g’arbida. Transport yo’llari tuguni. Aholisi 326 ming kishi (1991). Dekan yirik paxtachilik rayonining savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Alyuminiy eritiladi.