BELGIYA QIROLLIGI FAN, ADABIYOT VA SAN’AT AKADEMIYASI
BELGIYA QIROLLIGI FAN, ADABIYOT VA SAN’AT AKADEMIYASI –Belgiyaning markaziy ilmiy muassasasi. 1772 yil Bryussel shahrida tashkil etilgan. Akademiya tarkibida 90 haqiqiy, 30 muxbir. 150 faxriy a’zo bor. Akademiyada matematika va fizika fanlari; tabiatshunoslik; tarix va adabiyot: axloq na siyosiy fanlar; rassomlik; haykaltaroshlik; musiqa: tarix va tanqid kabi sektsiyalar mavjud. Kutubxonasida 400 mingdan ortiq asar saqlanadi. “Byulleten” (1832 yildan), “Axborot” (1779 yildan), “Yilnoma” (1830 yildan) nashr etadi.