BELORUSSIYA AVTOMOBIL ZAVODI

BELORUSSIYA AVTOMOBIL ZAVODI, BelAZ — og’ir yuk tashiydigan avtosamosvallar ishlab chiqaruvchi korxona. Belorussiyaning Jodino shahrida (Minsk yaqinida). 1958 yil asos solingan. 80 tonnagacha yuk ko’taradigan BelAZ avtosamosvallari va avtopoyezdlar, dizeltrolleyvozlar va boshqa yuk mashinalari ishlab chikaradi. BelAZ avtosamosvallari O’zbekistonning tog’ kon sanoati korxonalarida ko’plab ishlatiladi. 1992 yildan Angren shahrida zavodning vakolatxonasi ochilgan.