BENARDOS NIKOLAY NIKOLAYEVICH

BENARDOS NIKOLAY NIKOLAYEVICH (1842 — 1905) — rus ixtirochisi. Metallarni elektr yoyi bilan payvandlash usuli (“Elektrogefest”)ni kashf qilgan (1882). Payvandlash uchun zarur tok berib turadigan elektr akkumulyatorini yaratgan. Benardos turli sohalar (qishloq xo’jalik, transport, metallurgiya va boshqalar) ga oid 100 dan ortiq kashfiyoti uchun Rossiya va chet ellarda patent olgan.