BENTAM
BENTAM (Bentham) Ieremiya ( 1748. 15. 2 London 1832. 6. 6) ingliz faylasufi, axloqshunosi. Utilitarizmning taniqli vakili. Bentam fikricha, axloq, shuningdek Qonunchilik — inson hatti-harakatlarini boshqarib turish sanatidan iboratki, ular kishilarga imkon qadar baxt keltirsin. Inson hayotining oliy maqsadi ko’p odamlarni iloji boricha baxtli qilishdir (altruizm). Bentam adabiyotga “Internatsional” (“baynalmilal”) tushunchasini kiritgan. Asosiy asarlari: “Axloq va Qonunchilik asoslariga muqaddima” (1830), “Deontologiya yoki axloq haqidagi fan” (1834).