BENZIL SPIRT

BENZIL SPIRT — (fenilkarbinol), S6N5SN2ON — oddiy aromatik spirt. Xushbo’y, rangsiz suyuqlik. Molekulyar modda 108,14, zichligi 1045,5 kilogramm/metr. Qaynash temperaturasi 205,8°. Spirt, xloroform va boshqa organik erituvchilarda yaxshi, 100 gramm suvda 4 gramm eriydi. Benzil spirt tabiatda keng tarqalgan. Efir moylari tarkibida benzilasetat, benzilbenzoat kabi murakkab birikma holida uchraydi. Benzil spirt benzil xloridga suv va ishqor ta’sir ettirib olinadi: Benzil spirt atirupa, sovun ishlab chiqarishda va loklarni erituvchi modda sifatida qo’llaniladi.