BENZOIL PEROKSID
BENZOIL PEROKSID, S6N5SOOO—SOS6N5 — organik birikma. Molekulyar modda 242,23; rangsiz kristallar. Zichligi 1334 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi 106 — 108°. Suvda, spirtda yomon, atseton (15,7%), metiletilketon (16,0%), benzol (15,8%) va stirolda (12,5%) yaxshi eriydi. Qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar ta’sirida portlab parchalanadi. Benzoil peroksid gidrolizlanganda benzoy kislota va benzoil gidroperoksid hosil bo’ladi. Benzoil peroksid benzoil xloridga ishqor ishtirokida vodorod peroksid ta’sir ettirib olinadi. To’yinmagan birikmalar (akrilonitril, stirol, vinilxlorid va boshqalar)ni polimerlashda foydalaniladi. Hidni ketkazish, shuningdek yog’, moy va boshqa oziq-ovqatni rangsizlantirish uchun Benzoil peroksid “lusidol” degan nom bilan ishlatiladi.