BENZOIL XLORID
BENZOIL XLORID (benzoy kislota xlorangidridi), S6N5SOS1 — organik birikma. Molekulyar modda 140,52; havoda tutaydigan o’tkir hidli rangsiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 197,2°, zichligi 20° da 1212 kilogramm/millilitr; efir, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan gidrolizlanganda benzoy kislota, qaytarilganda esa benzoy aldegid hosil bo’ladi. Benzotrixlorid S6N5SS13 ni qisman gidrolizlab, shuningdek benzoy kislotaga mineral kislotalar xlor angidridlari (PCI5, PC13, SOC12, SO,CI2) ni ta’sir ettirib olinadi. Benzoil xlorid aminlar, spirtlar, fenollarni benzoillash (S6N3SO guruhini kiritish)da, benzoil peroksid va indigoid rangdor moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Benzoil xlorid bug’lari nafas yo’llari va terini yallig’lantiradi, ko’zdan yosh oqizadi.