BEPPU

BEPPU — Yaponiyadagi shahar. Aholisi 130 ming kishi (1990). Kyusyu orolining shimoli sharqidagi port. Rangli metallurgiya, kimyo, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Shahar va uning atrofida sulfidli, natriyxlorli va boshqa xil issiq (100°) mineral buloq ko’p. Balneologiya va vulkanologiya ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Turizm rivojlangan. Bemorlar issiq va nam qumga ko’milib davolanadi.