BERDIYEVA BUVIGUL
BERDIYEVA BUVIGUL (1954.18.3, Jomboy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Samarqand 1-pedagogika bilim yurtini tugatgan (1974). 1975 yildan Jomboy tumanidagi 1 maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Berdiyeva o’quvchilarga davlat ta’lim standartlari asosida ko’rgazmali qurollardan unumli foydalangan holda bilim beradi.