BERNADOT JAN BATIST
BERNADOT JAN BATIST (1763-1844) — Frantsiya marshali (1804), 1818-44 yillarda qirol Karl XIV Yuxan nomi bilan Shvetsiya taxtini boshqarib, bernadotlar sulolasiga asos solgan. Frantsiyaning inqilobiy urushlari davrida diviziya komandiri bo’lgan. Napoleon armiyasida korpus qo’mondoni. Gollandiyada qo’lga olingan shved asirlarini ozod etgani uchun Shvesiyada dovruq qozongan. 1810 yil Napoleon Bernadotni iste’foga chiqargan va 1810 yil avgustda Shvetsiyalik Sdag’ tomonidan taxt vorisligiga saylangan. 1813 yil Napoleonga qarshi koalitsiyaga qo’shilgan va shved armiyasining Frantsiyaga qarshi urushida qatnashgan. Rossiyaga nisbatan do’stona siyosat yurgizgan.