BETA SPEKTROMETRLAR
BETA SPEKTROMETRLAR — yadrolarning beta yemirilishi va gammanurlarning ichki konversiyasi natijasida ajralib chiqqan elektron va pozitronlar energiyasi (energetik spektri)ni tahlil qilishda ishlatiladigan asboblar. Beta spektrometrlar ikkilamchi elektronlar (tepki elektronlar, fotoelektronlar, elektronpozitron jufti) hosil qiladigan u nurlarni tekshirishda ham ishlatiladi. Ishlash tarzi zaryadli zarralarning elektr va magnit maydoni ta’sirida og’ishiga asoslangan. Beta spektrometrlarda energiya manbai sifatida yupqa radioaktiv slyuda yoki alyuminiy zarqog’oz ishlatiladi; energiyani fotoplastinka yoki hisoblagich (detektor)larda qayd etiladi. Beta spektrometrlarni ishga tushirishdan oldin rostlanadi. Beta spektrometrlarning xillari ko’p. Magnitli Beta spektrometrlar ko’proq ishlatiladi; ularda elektronlar (zarralar) dastasini fokuslash 1rasmda ko’rsatilgan. S manbadan chiqqan bir xil impulsli zarralar bir jinsli bo’ylama magnit maydonida yarim aylana uzunligiga teng yo’l bosib, x o’qida bir nuqtaga fokuslanadi. Beta spektrometrlarning ajrata olish qobiliyatini yaxshilash uchun bir jinslimas magnit maydonidan foydalaniladi; bu esa qo’sh fokuslash ham deyiladi. Bo’ylama magnit maydoni bir jinsli Beta spektrometrlar keng tarqalgan, bunda magnit maydoni g’altak (solenoid) ichida hosil qilinadi.