BEZENGI DEVORI

BEZENGI DEVORI — katta Kavkazning Bosh yoki suvayirg’ich tizmasining eng baland qismi. Uzunligi 12 kilometr. Bezengi devorida Shxara (5068 metr), Shota Rustaveli (4860 metr), Jangitov (5058 metr), Qatintov (4970 metr), Gestola (4860 metr), Lalvar (4350 metr) cho’qqilari bor. Tizmaning shimoliy yon bag’ridan Bezengi vodiy muzligi boshlanadi.