BIOGENEZ

BIOGENEZ (bio… va genez) — organik birikmalarning tirik organizmlar hosil qilishi. Keng ma’noda — Biogenez barcha tirik mavjudotlarning faqat tirik materiyadan paydo bo’lishini ta’kidlaydigan g’oyaning emperik umumlashmasidan iboratdir. Bu terminni fanga dastlab 19-asr o’rtasida G. Geksli kiritgan. Biogenezni Gelmgols, Arrenius va boshqalar ilgari surgan. Biogenez tarafdorlari yerdagi dastlabki tirik mavjudotlar “yorug’lik bosimi” yoki fazo jismlari (meteoritlar) bilan birga boshqa sayyoralardan kelib qolgan hayot murtaklaridan rivojlangan deb isbotlashga urinishadi. Biogenez hayotni abadiy deb hisoblaydi, yerdagi hayot moddalarning rivojlanishi natijasida paydo bo’lganligi to’g’risidagi nazariyani rad etadi. Hozirgi zamon fani Biogenezning noto’gri ekanligini isbot qilib berdi, chunki dastlabki tirik mavjudotlarning abadiyligi haqidagi tushunchalar tirik tabiatning rivojlanishi to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlarga ziddir.