Biylar sudi
Biylar sudi-shariat va urf-odatlarga tayanib ish ko’radigan sud. Biylar sudi qozoq va qirg’iz xalqlari tarixiga mansub. Chor Rossiyasi ma’muriyati Turkistonni bosib olgacha qozilar sudi bilan bir qatorda Biylar sudini ham joriy etgan. Biylar sudi 3 bosqichdan iborat edi: 1) ishni mazmunan ko’rib chiqib, maslahatchilarsiz hukm chiqaruvchi sud; 2) biylar chiqargan hukm ustidan shikoyatni ko’ruvchi volost biylarning yig’ini; 3) e’tiborli kishilarga 3 yilga saylab qo’ygan biylarning favqulodda yig’ini. Biylar sudi jinoyat ishlari yuzasidan bir yarim yilgacha qamoq jazosi berish va jarima solish huquqiga ega bo’lgan. Ko’chmanchi aholi o’rtasida ish olib borgan Biylar sudi XX asrning 20-yillari oxirida barham topdi.