BORTOVKA
BORTOVKA — asosan zig’ir tolasi yoki ip toladan polotno urilishga qalin qilib to’qiladigan gazlama. Ust kiyimlarning qotirmasiga ishlatiladi (avra bilan astar orasiga qo’yiladi). Kiyimni xushbichim qilib qotirib turadi. Bortovkaning egiluvchanligini oshirish va cho’ziluvchanligini kamaytirish maqsadida u appret (maxsus eritma) bilan pardozlanadi.