BORUXOVA FOTIMA
BORUXOVA FOTIMA (1916.9.11, Andijon) — xonanda (dramatik soprano), O’zbekiston xalq artisti (1950). Moskva konservatoriyasi qoshidagi O’zbek opera studiyasida o’qigan (1940-42). O’zbek davlat musiqali teatri (1935-39), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri (193757), O’zbek davlat filarmoniyasi (1957-79) yakkaxoni. Kuchli va baland ovoz sohibasi. O’zbek musiqa merosi va kompozitorlar asarlarini badiiy ta’sirchan darajada ijro etgan. Operalardagi asosiy rollari: Oqjunus (E. Brusilovskiy, “Yer Targ’in”), Zebunniso (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, “Bo’ron”), Layli (R. Glier, T. Sodiqov, “Layli va Majnun”), Polina (P. Chaykovskiy, “Pikovaya dama”), folbin (A. Spendiarov, “Olmos”). Repertuaridan “Mehnat ahli” (H. Nosirova bilan hamnafaslikda), “Kanalim”, “Chaman ichra”, “Yolg’iz” kabi xalq qo’shiqlari ham o’rin olgan. 1992 yildan Isroilda.