BRONZA QO’NG’IZLARI

BRONZA QO’NG’IZLARI, tilla qo’ng’izlar (Cetoniini) — plastinka mo’ylovli qo’ng’izlar oilasining kenja oilasi. Uzunligi 1-10 santimetr. Ustki qanotlari metall tusda tovlanib turganidan tilla qo’ng’izlar deb ham ataladi. Ustki qanotlarining ikki yonida tirqishlari bo’ladi. Bronza qo’ng’izlari uchganida ostki qanotlari ana shu tirqishdan chiqib yoyiladi, ustki qanotlari yoyilmasdan qorni ustida taxlanib turadi. 2700 dan ortiq turi bor, ko’pchiligi tropik mintaqalarda tarqalgan, ayniqsa tropik Afrikada (masalan, goliflar) va Janubiy Osiyoda ko’p uchraydi. O’zbekistonda 12 turi tarqalgan. Tog’li hududlarda yashil bronza qo’ng’izi (Netocia marginicollis) va paxmoq bronza qo’ng’izi yoki Olenka (Epicometis turanica) bir tomondan o’simliklarning gulini yeb birmuncha ziyon keltirsa, ikkinchi tomondan gullarni changlatib foyda keltiradi. Bronza qo’ng’izlarining ssimon qurtlari chiriyotgan yog’ochlar, kompostlar, o’rmon to’shalmasida, ayrim turlari chumolilar va kemiruvchilar inida rivojlanadi. Ayrim Bronza qo’ng’izlari, masalan, Olenka ekinlarga ziyon keltiradi.