BROUN HARAKATI

BROUN HARAKATI — muallaq zarralarning muhit molekulalari ta’sirida suyuqlik yoki gazlarda tartibsiz harakatlanishi. 1827 yilda R. Broun kashf etgan. Broun harakati tezligi muhit temperaturasi, qovushoqligi va zarra o’lchamlariga bog’liq. 1905-06 yillarda A. Eynshteyn, polyak fizigi M. Smoluxovskiy va frantsuz fizigi J. Perrenlarning ishlari natijasida Broun harakati atom va molekulalarning issiqlik harakati ekanligi isbotlandi. Suyuqlik yoki gazdagi har bir Broun zarrasiga muhit molekulalari bir sekundda taxminan 1012 marta zarba berib turadi. Zarra o’lchami katta bo’lsa, har tomonlama turtkilar ta’sirida u muvozanatlashadi va tinch holatda qoladi. Zarra o’lchami kichik bo’lsa, statistik muvozanat buziladi, natijada Broun zarrasi tartibsiz harakatda bo’ladi.