Bruney

Rasmiy nomi — Bruney Dorussalom. Poytaxti — Bandar Seri Begavan. Hududi – 5,8 ming km.kv. Aholisi — 0,4 mln kishi (2012). Davlat tili — rnalay, ingliz. Dini — islom. Pul birligi — bruney dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubi shar­qiy Osiyodagi Kalimantan orolining shimolida joylash­gan davlat. Shimoliy sohillari Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mamlakatni ikkiga bo’lib turadigan Saravak (Malayziya) shtati bilan chegaradosh. Mamla­kat hududi shimol va janubda tepaliklar bilan o‘ralgan sohilbo’yi pastliklaridan iborat. Iqlimi — musson ekvatorial. Qazilma boyliklardan neft va tabiiy gaz konlari mavjud. Mamlakat hududining 75% ini tropik o‘rmonlar egallagan. Hayvonot dunyosi- da maymun, kiyik, to‘ng‘iz, tropik kapalaklarni uchratish mumkin. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mustaqil sultonlik. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik a’zosi. Davlat boshlig‘i — sulton. Siyosiy partiyalari: Bruney milliy demokratik partiyasi, Bruney xalq partiyasi (barchasi taqiqlangan). Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi rivojlangan bo’lib, uning asosini neft qazib olish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va neftni qayta ishlash tashkil etadi. Sholi, saga palmasi kabi madaniy o’simliklar o’stiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Daryolarda kema qatnovlari yo‘lga qo’yilgan. Savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yapo- niya, Singapur, AQSH, Malayziya, Tailand. Tarixi. Sultonlikka XV asrda asos solingan va o‘z tarkibiga butun Borneo orolini hamda uning atrofidagi mayda orollarni egallagan edi. 1888-yilda Bruney ingliz protektarati bolib qoldi. 1959-yilning yangi konstitutsiyasi Buyuk Britaniyani Bruney mudofaasi va tashqi aloqalar uchun javobgar bo’lishga majbur qilardi. 1984-yili mustaqillik e’lon qilindi. 1991-yilda Bruney qo`shilmaslik harakati a’zosi bo‘ldi.