Bug’rolar

Bug’rolar-X-XI asrlarda Qoraxoniylar hoqonligining g’arbiy qismini (Yettisuv, Qashg’ar va Janubiy Qozog’iston) hoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining laqabi. Uning yirik vakillari Abdulkarim Sotuq Bug’roxon va uning nabirasi Horun ibn Muso davrida Yettisuv va Qashg’ardagi ko’pchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qilganlar. Horun ibn Muso 992 yilda Movarounnahrni egallagan, ammo shu yilning avgust oyida Buxoro va Samarqandni tashlab Qashg’arga chekinishga majbur bo’lgan. XI asr boshlarida bug’rolar davlatida ichki feodal kurash kuchayib ketganligi natijasida bu davlat inqirozga yuz tutgan.