Bule
Bule (yunoncha bule-kengash)-qadimgi yunon polislarida hokimiyatning oliy organlaridan biri, davlat kengashi, davlat nazorati va turli boshqaruv funksiyalarini bajargan. Kengash maxsus inshootlar-belevtariyalarda yig’ilgan. Bulevtariyalar, odatda, bozor maydoni (agora)da joylashgan. Afinada Bule Xalq yig’inining ishchi organi bo’lgan. Solon davrida 400 kishidan iborat edi (To’rtyuzlar kengashi). Klisfen islohotlaridan so’ng (miloddan avvalgi VI asr oxiri) 500 a’zoga ega bo’lgn (Beshyuzlar kengashi). Solon va Klisfen paytida Bulening asosiy vazifasi Xalq yig’ini muhokamasiga kiritilgan qonun loyilalarii ishlab chiqish hisoblangan. Lekin miloddan avvalgi V-IV asrlarda bir qancha vaqt ma’muriy, siyosiy va boshqaruv vazifalarini ham o’tagan. Bule Afinada yiliga qur’a yo’li bilan har bir filadan 50 nafardan kishi saylangan. 30 yoshga to’lgan har qanday fuqaro, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, Bule a’zoligiga saylanishi mumkin edi.