BUNIN IVAN ALEKSEYEVICH

BUNIN IVAN ALEKSEYEVICH 1 1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij] — rus shoiri. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy akademik (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi (“Xazonrezgi”, to’plam, 1901). Hikoya va povestlarida (ko’pincha o’tmishni qo’msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi (“Antonov olmalari”, 1900), qishloqning og’ir qismati (“Qishloq”, 1910; “Qaqragan vodiy”, 1911), turmush ma’naviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi (“Sanfrantsiskolik janob”, 1915) yaqqol tasvirlangan. Kundalik tarzidagi “Badbaxt kunlar” (1918 yil, 1925 yilda nashr etilgan) da Oktabr to’ntarishi keskin rad etilgan; Rossiyaning o’tmishini tiklash, adibning o’z bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan. Sevgi haqidagi hikoyalarida (“Mityaning sevgisi”, 1925); “Qorong’i xiyobonlar” (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. Bunin memuarlar yozgan. G. Longfelloning “Gayavata haqida qo’shiq” (1896) asarini tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureati (1933).