BURYAT TILI

BURYAT TILI — buryatlar tili. Mo’gul tillari guruhiga mansub. Buryat tilida so’zlovchilar soni 500 mingdan ortiq (1990-yillar o’rtalari). Grammatik kurilishiga ko’ra agglyutinativ. Unlilar tizimi singarmonizm qoidalariga bo’ysunadi; qisqa va cho’ziqlari mavjud. Buryat tili o’ziga xos boy lug’at tarkibiga ega. 20-asr boshlarigacha buryatlarning o’z yozuvi bo’lmagan. 18-asrdan ish yuritish va savod chiqarishda eski mo’g’ul yozuvidan foydalanilgan. 1931 yilda lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, 1939 yildan esa Kirill alifbosi asosidagi yozuvga o’tilgan. Zamonaviy buryat adabiy tili 30-yillar 2-yarmida xori dialekti asosida shakllangan.