Algologiya
Algologiya – Suvo’tshunoslik – suvo’tlarni o’rganuvchi fan.
Algologiya – Suvo’tshunoslik – suvo’tlarni o’rganuvchi fan.
Algisid – suvo’tlariga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar.
Aleyron donalari – donli, dondukkakli уа boshqa o’simliklar urug’i hujayralaridagi jamg’arma oqsil donachalari.
Aldozalar – tarkibida aldegidli gruppa bo’lgan monosaxaridlar. Маsalan, glyukoza, riboza, eritroza.
Aldosteron – steroid gormon; asosan umurtqali hayvonlar buyrak usti bezining po’st qismi ishlab chiqaradi. Organizmdagi mineral almashinuvi jarayonini boshqaradi.
Albuminlar – suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar. Ko’pchilik o’simlik urug’laridagi jamg’arma oqsillar tarkibida уа boshqalarda uchraydi.
Alar – poyaning bo’yiga o’sishini sekinlashtiruvchi sun’iy kimyoviy modda.
Akulasimonlar – tog’ayli baliqlar kenja sinfi; akulalar уа lappak baliqlar turkumlaridan iborat.
Alanin – ko’pchilik oqsillar tarkibida uchraydigan aminokislota.