Agamogenez
Agamogenez – organizmlarning jinssiz уо’l (bo’linish, kurtaklanish) bilan ko’payishi.
Agamogenez – organizmlarning jinssiz уо’l (bo’linish, kurtaklanish) bilan ko’payishi.
Agamiya, jinssiz – jinsga ajralmaganlik. Tuban o’simliklarga, urug’lanishsiz ko’payuvchi umurtqasiz, shuningdek, bа ‘zi umurtqali hayvonlar (masalan, kavkaz kaltakesagi)ga xos.
Aflatoksinlar – mog’or zamburug’lari hosil qiladigan zaharli moddalar. Mog’or va ozuqa mahsulotlarida bo’ladi. Bunday mahsulot iste’mol qilinsa, zaharlanish yuz bеradi.
Afisidlar – o’simlik bitlariga qarshi qo’llanadigan kimyoviy moddalar.
Afinlar – o’simlik bitlari gemolimfasining binafsha qizil pigmentlari. To’q rangli hasharotlarga xarakterli bo’lib, o’simlik bitlaridagi yashil rang esa afinlar hosilasi – afininlar bilan bog’liq.
Аfil o’simliklar – Bargsiz o’simliklar – bargi bo’lmagani uchun fоtosintez jarayoni yashil poyalarda kechuvchi o’simliklar. Masalan, kaktuslar, qora saksovul.
Affin antitanalar – Zidditanalar affinligi – zidditanalar molekulasining faol markazlarini antigenlarning reaksion xususiyatga ega bo’lgan guruhlar bilan mustahkam birlashishi .
Afferent tolalar – bosh miya po’stlog’iga to’qimalardan хаЬаг keltiruvchi, ya’ni markazga intiluvchi asab tolalari.
Afaziya – nutq va eshitish a’zolarining sog’lom bo’lgani holda so’zlash qobiliyatining buzilishi. Bosh miya katta yarim sharlari po’stining shikastlanishi natijasida paydo bo’ladi.
Afagiya – hasharotlarning rivojlanish bosqichlaridan biri. Bunda ular tabiiy ochlik holatida yashaydi.