ARGUMENT

ARGUMENT (lotincha argumentum) — 1) biron bir mulohaza (kontsepsiya, nazariya) ning haqiqatligini (rostligini) tasdiqlash uchun keltiriladigan mulohaza (yoki mulohazalar majmui), dalil; 2) mantiqda — isbotning asosi; 3) matematikada — a) … Read More

ARGON-YOYLI PAYVANDLASH

ARGON-YOYLI PAYVANDLASH – metallarni himoya gazi — argon muhitida elektr yoy bilan payvandlash. Eriydigan (avtomatik payvandlashda) yoki erimaydigan (dastaki va avtomatik payvandlashda) elektroddan foydalaniladi. List ko’rinishidagi metall va qotishmalarni, po’lat … Read More

ARGONAVTLAR

ARGONAVTLAR (Yunoncha Argonautai; Argo — kema nomi va nautes — dengizchi) — yunon mifologiyasidagi qahramonlar. Argonavtlar “Argo” kemasida ajdaho qo’riqlab turadigan oltin terini olib kelish uchun Yason boshchiligida Kolxidaga boradilar … Read More

ARGON

ARGON (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom molekula 39,948, birinchi marta 1894 yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz … Read More

ARGO

ARGO (Fransuzcha argot — jargon) — ma’lum toifa kishilargagina tushunarli so’zlar mavjudligi bilan umumxalq tilidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy toifa, guruh (masalan, dallollar, sportchilar, talabalar, o’g’rilar va hokazolar) ga xos … Read More

ARGISHTIXINILI

ARGISHTIXINILI – Urartu podshosi Argishti I davrida (miloddan avvalgi 776 yil) qurilgan shahar-qal’a. Topilgan urart mixxat yozuvlaridan ma’lum bo’lishicha, Ararat vodiysini zabt etgan urartlar qal’a, saroy va ibodatxonalar bunyod etib, … Read More

ARGISHTI I

ARGISHTI I — Urartu podshosi (miloddan avvalgi 8-asr 1-yarmi). Argishti I podsholigi davrida Urartu yaqin Sharqdagi qudratli davlatga aylangan. Shim. Suriya, Urmiya ko’li atrofi, Janubiy Kavkazortiga egalik qilish uchun Ossuriyata … Read More

ARGILLITLAR

ARGILLITLAR (Yunoncha argillos — gil va lithos — tosh) — gil jinslarning suvda bo’kmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. Argillitlar gil va gilsimon cho’kindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidratasiya) va tsementlanishi natijasida hosil bo’ladi. … Read More

ARGENTOMETRIYA

ARGENTOMETRIYA (Yunoncha argentum -kumush va metreo — o’lchayman) — miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3) ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma — kumush nitrat eritmasi yoki uning … Read More

ARGENTIT

ARGENTIT (lotincha argentum — kumush so’zidan) (kumushtosh) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ag2S. Kub singoniyali. Qattiqligi 2 — 2,5. Sof og’irligi 7,3. Rangi qo’rg’oshinsimon kul rangdan krragacha. Yer-tomirlarda … Read More