ANDIJON VILOYATI

ANDIJON VILOYATI – O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Farg’ona vodiysining Sharqiy qismida. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 … Read More

ANDIJON VILOYAT O’LKASHUNOSLIK MUZEYI

ANDIJON VILOYAT O’LKASHUNOSLIK MUZEYI — Andijon shahridagi muzey. Viloyat qishloq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasi asosida tashkil etilgan (1934). Muzeyda Farg’ona vodiysidagi xalq tarixi, madaniyati, vodiyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xo’jaligi yutuqlari, … Read More

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI – yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. “O’zkimyosanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikasiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini … Read More

ANDIJON ADIRLARI

ANDIJON ADIRLARI (Beshbo’z adirlari) — Farg’ona vodiysining Janubi- sharqidagi qirlar. G’arbda Shahrixonsoy va Sharqda Andijonsoy oralig’ida. Mutlaq balandligi 700— 1000 metr va undan baland. Nisbiy balandligi 200 — 400 metr. … Read More

“ANDIJON AGROFIRMASI”

“ANDIJON AGROFIRMASI” Aktsiyadorlik jamiyati – konserva sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. “O’zmevasabzavotuzumsanoat xolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Meva konservalari va sharbatlari, tomat qaylasi, jem, qiyomlar, turli xildagi tuzlama sabzavot mahsulotlari ishlab … Read More

ANDIJON AVTOMOBIL

ANDIJON AVTOMOBIL O’rindiqlari zavodi, O’z Tong Xong — O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi. 1997 yilda ishga tushirilgan. Andijon shahrida joylashgan. Asaka avtomobil zavodining turli markadagi yengil avtomobillari uchun o’rindiqlar ishlab chiqaradi. Korxona … Read More

ANDIJON

ANDIJON—Andijonviloyatidagi shahar. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. O’zbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Farg’ona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda joylashgan. Iyulning o’rtacha temperaturasi 27° — … Read More

“ANDIJANSKAYA PRAVDA”

“ANDIJANSKAYA PRAVDA” (“Andijon haqiqati”) — Andijon viloyati hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Andijon shahrida rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab (1916 yil 1 iyulda) “Turkestanskiy Golos” (“Turkiston ovozi”) nomi bilan nashr … Read More