ALBERTA

ALBERTA — Kanada Janubi- g’arbidagi provintsiya. Maydoni 661,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2,5 million kishi, shahar aholisi 70% (1991). Ma’muriy markazi — Edmonton shahri. Albertaning katta qismi yassi va to’lqinsimon … Read More

ALBERT KO’LI

ALBERT KO’LI – Sharqiy Afrikadagi ko’l, Nil daryosi havzasida, dengiz sathidan 619 metr balandlikdagi tektonik soylikda. Uzunligi 160 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Maydoni 5,6 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 58 metrgacha. … Read More

ALBENIS

ALBENIS (Albeniz) Isaak Manuel Fransisko (1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya — 1909.18.5, Kambo-Le-Ben, Frantsiya) — ispan kompozitori va pianinochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Budapesht, Madridda ta’lim olgan. Albenisning ispan musiqa … Read More

ALBEDOMETR

ALBEDOMETR — “albedon” o’lchash uchun ishlatiladigan asbob; yuqoriga va pastga qaratish moslamasi bo’lgan piranometr. Yer sirtiga keluvchi va undan qaytuvchi qisqa to’lqinli radiatsiyani o’lchashga imkon beradi.

ALBEDO

ALBEDO (lotincha albedo — oqlik) — 1) jism sirtidan qaytgan nur energiyasi miqdorining shu sirtga tushayotgan nur energiyasi miqdoriga nisbati. Albedo jismning nur qaytarish qobiliyatini ifodalaydi. Tushayotgan energiyani batamom qaytaruvchi … Read More

ALBATROSSIMONLAR

ALBATROSSIMONLAR (Diomedeidae) — Bo’ronqushlar turkumining bir oilasi. Tanasining uzunligi 85-140 santimetr, qanotlari ingichka, yoyilganda 3,6 metrga yetadi. Havoda qanot qoqmasdan uzoq vaqt ucha oladi, suvda yaxshi suzadi. Havoga to’lqinlar cho’qqisidan … Read More

ALBASETE

ALBASETE — Ispaniyaning Mursiya Muxtor viloyatidagi shahar, Albasete provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 129 ming kishi (1991). Qadimdan pichoq yasaladi. Kime, ko’nteri, tsement sanoati, go’sht-konserva, un qadoqlash korxonalari, vinochilik mavjud. Za’faron … Read More

ALCHEVSK

ALCHEVSK (1931-61 yillarda Voroshilovsk, 1961-92 yillarda Kommunarsk) — Ukrainaning Lugansk viloyatidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 126 ming kishi (1989). Metallurgiya kombinati, koks kimyosi zavodi va boshqalar bor. Kon-metallurgiya instituti, … Read More

ALFOL

ALFOL, alyuminiy folgasi — juda yupqa (0,005—0,01 millimetr) alyuminiy zar qog’ozi. Issiqlikni deyarli o’tkazmaydi. 500° temperaturagacha qizdirilganda o’z xossalarini saqlab qoladi. Varaqlar (listlar) va o’ramlar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Texnik maqsadlarda … Read More

ALFER

ALFER (alyuminiy va lotincha ferrum — temir) — asosan temir va alyuminiydan iborat qotishma. Tarkibida — 13% alyuminiy (A1) bor, qolgani temir (Fe). Magnitostriktsion xossalarga ega bo’lgan magnit jihatdan yumshoq … Read More