AYRITOJLILAR

AYRITOJLILAR (Choripetalae) -ikkipallalilarga mansub kenja sinf. Gulbarg (tojbarg)lari tutashmagan. 200 ga yaqin oilasi (ra’nodoshlar, sutlamadoshlar, tokdoshlar, gulxayridoshlar, gunafshadoshlar, ziradoshlar va hokzolar) bor. Ayritojlilar tutash tojbarglilarga nisbatan soddaroq tuzilgan.

AYRISIMON BEZ

AYRISIMON BEZ (buqoq bezi, timus) — umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning o’ng va chap yonida joylashgan bo’lakchalardan iborat bez. Yoshlik (o’smirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Qon hosil bo’lishida (bunda … Read More

AYRIM-AYRIM QAZIB OLISH

AYRIM-AYRIM QAZIB OLISH – qatlam-qatlam joylashgan foydali qazilmalar va ular orasida uchraydigan befoyda tog’jinslari qatlamlarini bir-biriga aralashtirmay qazib olish usuli. Qazib olinadigan foydali qazilma boyitilmagan holda iste’molchining standart kondisiyasiga to’g’ri … Read More

AYRIBOBO CHO’QQISI

AYRIBOBO CHO’QQISI – O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Ko’hitangtov tizmasining suvayirg’ich qismidagi cho’qqi. O’zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 metr. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtovning eng baland joyi. Ayirbobo cho’qqisining aksari qismini nurashga … Read More

AYRIBEL TOG’LARI

AYRIBEL TOG’LARI – O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past tog’larining Sharqiy qismi. Eng baland nuqtasi 767 metr. Ayribel tog’lari shimoliy-g’arbdan Janubiy-sharqqa yo’nalgan. Uzunligi 15 kilometr. Janubiy – g’arbiy yon bag’irlari … Read More

AYRI XAROSH

AYRI XAROSH — yog’och dastali ayri simdan tuzilgan asbob; kulollikda sopol idishlarga o’yib naqsh solishda, parallel chiziqlar chizishda foydalaniladi.

AYRI PARGAR

AYRI PARGAR — naqshlar axtasini, girihlar asosini chizishda, o’lchashda qo’llanadigan asbob. Amaliy bezak san’atida keng ishlatiladi.

AY-PETRI

AY-PETRI — Qrim tog’larining Bosh (Janubiy) tizmasidagi cho’qqi. Alupka shahri yaqinida, qora dengizdan tik ko’tarilib turadi. Balandligi 1233 metr. Asosan ohaktoshlardan tarkib topgan.

AYOVA

AYOVA — AQShning O’rta g’arbidagi shtat. Maydoni 146 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2,8 million kishi (1992). Ma’muriy markazi — De-Moyn shahri. “Makkajo’xori mintaqasi”ning markazi. Qishloq xo’jalik mahsuloti qiymatiga ko’ra AQShda … Read More

AYN-SALOH

AYN-SALOH (In-Saloh) – Jazoirdagi voha, Jazoir Sahroi Kabirining o’rta qismida, Sahroi Kabir cho’lini kesib o’tuvchi Laguat-Zinder avtomobil yo’lida. Aholisi 6 ming kishi chamasida. Aholi manzili va savdo hunarmandchilik markazi — … Read More