AYTIM
AYTIM — xonanda ishtirokida ijro etiladigan turli shakl va hajmdagi o’zbek musiqa folklori janrlari (qo’shiq, Yalla, terma, lapar, ashula, marosim qo’shiqlari va boshqalar), vokal musiqaning xalq (asosan, Xorazm) dagi atamasi.

AYTIM — xonanda ishtirokida ijro etiladigan turli shakl va hajmdagi o’zbek musiqa folklori janrlari (qo’shiq, Yalla, terma, lapar, ashula, marosim qo’shiqlari va boshqalar), vokal musiqaning xalq (asosan, Xorazm) dagi atamasi.
AYTJANOVA Ayimxon (1944.16.10, Shumanay tumanining Shumanay ovuli) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Nukus pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1966). 1966 yildan Xo’jayli, Shumanay tumanidagi maktablarda o’qituvchi, 1971 yildan Shumanay … Read More
AYRITOJLILAR (Choripetalae) -ikkipallalilarga mansub kenja sinf. Gulbarg (tojbarg)lari tutashmagan. 200 ga yaqin oilasi (ra’nodoshlar, sutlamadoshlar, tokdoshlar, gulxayridoshlar, gunafshadoshlar, ziradoshlar va hokzolar) bor. Ayritojlilar tutash tojbarglilarga nisbatan soddaroq tuzilgan.
AYRISIMON BEZ (buqoq bezi, timus) — umurtqali hayvonlar va odamda kekirdakning o’ng va chap yonida joylashgan bo’lakchalardan iborat bez. Yoshlik (o’smirlik) davrida yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Qon hosil bo’lishida (bunda … Read More
AYRIM-AYRIM QAZIB OLISH – qatlam-qatlam joylashgan foydali qazilmalar va ular orasida uchraydigan befoyda tog’jinslari qatlamlarini bir-biriga aralashtirmay qazib olish usuli. Qazib olinadigan foydali qazilma boyitilmagan holda iste’molchining standart kondisiyasiga to’g’ri … Read More
AYRIBOBO CHO’QQISI – O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Ko’hitangtov tizmasining suvayirg’ich qismidagi cho’qqi. O’zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 metr. Ayirbobo cho’qqisi Ko’hitangtovning eng baland joyi. Ayirbobo cho’qqisining aksari qismini nurashga … Read More