ADAMSTAUN

ADAMSTAUN — Tinch okean Janubiy- sharqidagi Pitkern oroli (Britaniya mulki) ning ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 100 kishi. Port. Baliq ovlanadi.

ADAMSIT

ADAMSIT, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kilogram/metr kub, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush … Read More

ADAMS USULI

ADAMS USULI — integrallarni taqribiy hisoblash va differentsial tenglamalarni taqribiy yechish usullaridan biri. J. Adams tomonidan 1855 yilda taklif etilgan. Tenglamalarni Adams usulida yechish odatda jadvallar shaklida bajariladi.

ADAMS

ADAMS (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. “Ozodlik o’g’lonlari” inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-kontinental Kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. … Read More

ADAMOV

ADAMOV Leon Tigranovich (1929.26.10, Qo’qon) – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor (1989). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). 1954 — 92 yillar Toshkentdagi ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida me’mor va bosh … Read More

ADAMAR

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal — 1963.17.10, Parij) — frantsuz matematigi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Matematikaning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev … Read More

ADAM

ADAM (Arabcha — yo’qlik) — O’rta Sharq falsafasida yo’qlikni bildiradigan tushuncha. ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Kerkoldi — 1792.3.3, London) — ingliz me’mori va Binokor. 18-asr ingliz klassisizmining yirik vakili. Edinburg … Read More

ADAJIO

ADAJIO (italyancha adagio — sekin, vazmin) — 1) musiqada — sekin sur’at, andantedan sekin, lekin largo, lentolardan jonli; 2) shu ijro uslubida yaratilgan musiqiy asar yoki turkumli shakl qismi. Ba’zi … Read More

ADAD

ADAD (Arabcha) — o’lchov birligi; son, raqam va miqaorni ifodalaydi. O’zbekistonda ko’proq 30-yillargacha ishlatilgan. O’zbek tili davlat tili mavqeiga ega bo’lgach “tiraj” so’zi (gazeta, kitob nusxalari soni) o’rnida ham Adad … Read More

ADABIY-MADANIY MEROS

ADABIY-MADANIY MEROS – o’tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og’zaki ijodi, yozma adabiyoti, san’ati, me’morlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan izchil va mustahkam bog’langan … Read More