ADAPTATSIYA

ADAPTATSIYA (lotincha adaptatio — moslashuv) — 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o’ziga ta’sir etadigan qo’zg’atuvchilarga moslashishi natijasida ulardasezgirlikdarajasiningo’zgarishi (masalan, ko’zning yorug’lik yoki qorong’ilikka moslashuvi). Qo’zg’atuvchining ta’sir … Read More

ADAPTATSION SINDROM

ADAPTATSION SINDROM (umumiy adaptatsion sindrom) —. Kuchli ta’sirot (stressor)ga javoban odam va hayvonlar organizmida ro’y beradigan himoya reaktsiyalari majmui; bu reaktsiyalar buzilgan muvozanatni kayta tiklash va organizmning ichki muhiti (gomeostaz)ni … Read More

ADAPAZARI

ADAPAZARI — Turkiyaning shimoliy- g’arbidagi shahar, Sakariya daryosi sohilida. Sakariya elining ma’muriy markazi. Aholisi 171 ming kishi (1990). Temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayonining savdo-sanoat markazi (g’alla, … Read More

ADANA

ADANA, Sayhon — Turkiyaning Janubiy qismidagi shahar, Sayhon daryosi bo’yida. Adana eli (viloyati) ning ma’muriy markazi. Aholisi 916 ming kishi (1990). Yirik savdo, sanoat markazi, temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari … Read More

ADAN QO’LTIG’I

ADAN QO’LTIG’I – Arabiston dengizidagi qo’ltiq. Arabiston yarim oroli bilan Somali yarim oroli oralig’ida joylashgan. Uzunligi qariyb 900 kilometr eni 300 kilom gacha. Chuq. 3680 metrgacha. Bob-ul-Mandab bo’g’ozi orqali qizil … Read More

ADAN

ADAN (Adan) Adolf Sharl (1803.24.7 – 1856.3.5) – frantsuz kompozitori. 40 dan ortiq opera yozgan. “Nyurenberg qo’ng’iroqlari” operasi, “Jizel”, “Korsar” baletlari mashhur. “Jizel” baleti (1841) bilan frantsuz baletida romantik yo’nalishni … Read More

ADAMSTAUN

ADAMSTAUN — Tinch okean Janubiy- sharqidagi Pitkern oroli (Britaniya mulki) ning ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 100 kishi. Port. Baliq ovlanadi.

ADAMSIT

ADAMSIT, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kilogram/metr kub, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush … Read More

ADAMS USULI

ADAMS USULI — integrallarni taqribiy hisoblash va differentsial tenglamalarni taqribiy yechish usullaridan biri. J. Adams tomonidan 1855 yilda taklif etilgan. Tenglamalarni Adams usulida yechish odatda jadvallar shaklida bajariladi.

ADAMS

ADAMS (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. “Ozodlik o’g’lonlari” inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-kontinental Kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. … Read More