ARRAGUL
ARRAGUL — 1) arrasimon shaklli o’yma naqsh, o’zbek o’ymakorligida keng qo’llaniladi; 2) sopol idishlarga ishlanadigan bezak-gulning nomi, ba’zan parragul deb ham ataladi. Kosa va laganlarga Arragul har xil ranglar bilan … Read More
ARRABURUN AKULALAR (Pristiop horidae) — akulalar turkumi oilasi. Uzunligi 1,5 metrgacha, tanasi tsilindrsimon, cho’ziq. Tumshug’i uzun va yassi qilichsimon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshug’i o’rtasidagi ikkita uzun mo’ylovlari … Read More
ARRA NUSXA, arracha – o’zbek badiiy kashtachiligida qo’llaniladigan bezak. Asosan, lozim jiyaklariga yo’rma usulida tikiladi.
ARPOQSOY, Arpoksais — skiflar bobokaloni Targ’itoshning o’rtancha o’g’li. Gerodotning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra Arpoqsoydan skiflarning katiarlar va traspiylar qabilasi tarqalgan. Bu qabilalar podsho skiflar qavmidan bo’lgan.
ARPEJIO (italyancha arpeggio — Arfada chalish) — ko’pincha past tovushdan boshlanadigan akkord tovushlarining ketmaket ijro etilishi. Arpejio ko’proqarfada, shuningdek fortepiano kabi cholg’ularda keng qo’llaniladi.
ARPABODIYON (Anisum) — ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tlar turkumi; 2 turi bor. O’zbekistonda oddiy Arpabodiyon (Arpabodiyon Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uch bo’lakli), yirik arra tishli, yuqoridagilari … Read More